Shunday qilib, bugungi kunda Oʻzbekistonda 4, 3 ming talaba taʼlim olayotgan 15 ta Rossiya oliy oʻquv yurtlarining filiallari mavjud. Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiya taʼlim dargohlariga taʼlim olishi kvotasi 2021-2022-yillarda Rossiya federal byudjetdan ajratiladigan grantlar hisobidan 220 tadan 460 tagacha oshirildi. Kelgusi 2022-2023 oʻquv yilida kvotalar soni 750 oʻringacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 17-noyabr kuni Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida mintaqalararo hamkorlikning ikkinchi Forumi boʻlib oʻtdi va unda koronavirus pandemiyasidan keyin turizm sohasini tiklash yoʻllari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu forumda Rossiya mintaqalaridan 54 nafar va Oʻzbekiston viloyatlaridan 12 nafar vakillar ishtirok yetdi.
2020 pandemiya yilida birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli koronavirus cheklovlarining Oʻzbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy hamkorligiga taʼsirini kamaytirishga erishildi. Oʻtgan yili tashqi savdo hajmi 5, 6 milliard dollarga yetdi. Prezident Vladimir Putin haqli ravishda taʼkidlaganidek, «bunday qiyin paytlarda ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotganimiz yaxshi koʻrsatkichdir».
Soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar ayirboshlashning progressiv oʻsishi kuzatilmoqda. 2017-yildan buyon ikki tomonlama savdo hajmi 22%dan oshdi, bunda Oʻzbekistonning Rossiyaga eksporti 42%ga oʻsdi. Bunday yuqori koʻrsatkichlar ikki davlat 10 milliard dollarlik savdo aylanmasiga erishish uchun tizimli ravishda koʻzlangan maqsad sari harakat qilayotganligini koʻrsatadi. Rossiya 18% ulushi bilan Toshkentning asosiy tashqi savdo hamkorlari orasida ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Koeffitsientlar O'zbekiston - Rossiya 20.11.2022 fscore.uz
"UZREPORT TV" telekanalida jonli efirda Maktabgacha ta'lim
Matbuot anjumani jonli efirda
15noyabr kuni Rossiyadan Oʻzbekistonga temir yoʻl orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining birinchi partiyasi joʻnatildi. Oy oxirigacha ekspressning yangi oʻzbek mevalari bilan Rossiyaga qaytishi kutilmoqda. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini bunday jadal rivojlanishi ikki tomonlama hamkorlikning noyob mexanizmlari yaratilgani tufayli amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida uch darajali hamkorlik tizimi yaratilgan: Bosh Vazirlar darajasidagi qoʻshma komissiya, Bosh vazir oʻrinbosarlari boshchiligidagi hukumatlararo komissiya va ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari yetakchiligidagi quyi komissiyalar tashkil yetildi.
“Yangi O'zbekiston” bog'ida Mustaqillik bayrami - Qalampir.uz
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hamkorlikni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida Federal Majlisning Davlat Dumasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi tuzildi. 2021-yil aprel oyida Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan mehnat migratsiyasi sohasida nazorat boʻyicha Memorandumning imzolanishi parlament diplomatiyasi orqali dolzarb muammolarni hal etishdagi muhim qadam boʻldi. Hujjat migratsiya sohasidagi hamkorlikni tashkil etish, ikki davlat qonunchiligini yaqinlashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish va migratsiyani tartibga solish sohasidagi huquqiy bazani takomillashtirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat va biznes darajasida samarali aloqalar oʻrnatildi. Birgina oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonning barcha 14 ta mintaqa rahbarlari Rossiyaning 40 dan ortiq mintaqalariga tashrif buyurdilar va hamkor tomonlarning javob ishchi tashriflarini qabul qildilar. Bunday mintaqalararo hamkorlik natijalari umumiy kun tartibini yangi qiziqarli gʻoyalar va hamkorlik loyihalari bilan toʻldirmoqda. Keng koʻlamli forumlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi aloqalarni har tomonlama qamrab oluvchi muntazam amaliyotga aylandi va bu ikki tomonlama kun tartibini yangi aniq mazmun bilan toʻldirish imkonini beradi. Jumladan, joriy tashrif arafasida 16-noyabr kuni ikkinchi Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi boʻlib oʻtdi va unda Rossiyaning 40 ta universiteti va Oʻzbekistonning 23 ta universitetining 100 dan ortiq rektorlari va vakillari, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli idoralari rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.
Dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi borasida fikr almashdilar. Tashrif davomida jami 18 ta ikki tomonlama shartnomani oʻz ichiga olgan hujjatlar turkumi, jumladan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan keng qamrovli hamkorlik dasturi, xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim va biologik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi memorandum, shuningdek taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi idoralararo bitim imzolandi.
Bu borada Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlarining shaxsiy tashabbuslari bilan 2019-yilning may oyida Urganch shahrida boʻlib oʻtgan ikki mamlakat hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning birinchi yigʻilishi ayniqsa muhimdir. Ushbu yangi muloqot maydoni siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning bajarilishi ustidan har tomonlama nazoratni taʼminlashga moʻljallangan.
Forum doirasida taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik formatlarini belgilovchi 30 ga yaqin shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Tadbir ishtirokchilariga murojaatida Oʻzbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev forumni davlat idoralari, oliy oʻquv yurtlari va ekspertlar oʻrtasidagi muloqot uchun ommabop va samarali platforma deb atadi. Oʻz navbatida, Rossiya Prezidenti V. Putin taʼlim sohasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga hissa qoʻshishini aytib oʻtdi. Prezidentlarning murojaatlari shundan dalolat beradiki, ushbu tadbir ularning taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan eʼtibori ostida oʻtkazildi. Soʻnggi 3 yil davomida Oʻzbekistonda Rossiya universitetlarining 11 filiali va Rossiya xalqlar doʻstligi universitetining vakolatxonasi ochildi.
Jonli muloqot: Rossiya prezidentiga beriladigan eng ko`p
O'zbekiston delegasiyasining Rossiya Markaziy saylov